8-dars. Prompt zanjirlari va ko'p bosqichli ish
Murakkab ishlarni bitta promptga yuklasangiz, model e'tibori tarqaladi. Bosqichlarga bo'lingan prompt zanjiri esa har qadamni aniq nazorat qilish va sifatni oraliq nuqtalarda tekshirish imkonini beradi.
Mavzu izohi
Prompt zanjiri degani bir nechta kichik promptni ketma-ket ulashdir. Har prompt bitta aniq vazifani bajaradi va natijasi keyingi bosqich uchun kontekst vazifasini o'taydi.
Masalan, landing page, blog maqola yoki taqdimot yozishda avval insight yoki research olasiz, keyin outline tuzasiz, undan keyin draft yozasiz va oxirida review qilasiz. Bu yondashuv bir bosqichli promptdan ko'ra ancha ishonchli ishlaydi.
Chunki har oraliq natijani ko'rib chiqish mumkin. Agar research sust bo'lsa, draftga o'tishdan oldin tuzatish oson. Shu sabab prompt zanjiri murakkab vazifalarda xatoni erta ushlashga yordam beradi.
Bu darsdan nima olasiz
- katta vazifani bo'lib yozish
- oraliq natijani keyingi promptga ulash
- review bosqichini majburiy qilish
- har bosqich uchun alohida maqsad va chiqish formatini belgilash
Dars rejasi
Qachon prompt zanjiri kerak bo'ladi?
Bir nechta fikrlash bosqichi talab qiladigan vazifalarda, masalan landing, maqola, strategiya yoki research ishlarda prompt zanjiri foydali.
Bosqichlarni qanday ajratish kerak?
Har bosqich bitta aniq savolga javob bersin: nimalarni topish kerak, qanday tuzilma kerak, qaysi matn yoziladi, nimaga qarab tekshiriladi.
Oraliq natijani tozalash
Keyingi promptga hamma narsani emas, kerakli natijani uzating. Aks holda zanjir yana ortiqcha kontekst bilan og'irlashadi.
Inson tekshiruvi qayerda kerak?
Asosiy strategik qaror yoki fakt muhim bo'lgan joylarda oraliq nazorat qo'shilsa, keyingi bosqichlar ancha foydali bo'ladi.
Kuchsiz va kuchli prompt taqqoslovi
Menga yangi xizmatimiz uchun landing page yozib ber.
1-bosqich: yangi xizmat bo'yicha 5 ta mijoz og'riq nuqtasini top. 2-bosqich: shu insightlardan landing uchun 6 bo'limli outline tuz. 3-bosqich: outline asosida hero va benefits bloklarini yoz. 4-bosqich: matnni aniqlik va CTA bo'yicha tekshir. Har bosqichni alohida chiqar.
Kuchli prompt vazifani bir nechta nazorat qilinadigan qadamlarga bo'ladi. Natijada researchsiz yozilgan umumiy landing o'rniga maqsadli va tekshirilgan matn chiqadi.
8-darsni workflow zanjiri bilan sinang
Katta vazifani bosqichlarga bo'lib ko'ring: research, outline, draft, review va kerak bo'lsa inson tekshiruvini qo'shing.
1. Vazifani tanlang
2. Bosqichlarni boshqaring
Workflow prompt
1-bosqich. yangi CRM xizmati uchun landing page tayyorlash uchun 5 ta asosiy insight, savol yoki og'riq nuqtasini top. 2-bosqich. Shu insightlar asosida 5 bo'limli outline tuz va har bo'lim maqsadini yoz. 3-bosqich. Outline asosida birinchi draftni yoz va bloklarni alohida saqla. 4-bosqich. Draftni aniqlik, mantiq va auditoriyaga moslik bo'yicha tekshir.
Tezkor audit
Workflow skeleti
Asosiy research-outline-draft zanjiri mavjud. Vazifa birdan yozilmaydi, bosqichlarga bo'linadi.
Yakuniy nazorat
Review bosqichi bor. Bu zanjirni tekshirmasdan yakunlash xavfini kamaytiradi.
Inson aralashuvi
Hozir zanjir to'liq AIga tayangan. Fakt yoki yo'nalish muhim bo'lsa inson tekshiruvini qo'shish kerak bo'lishi mumkin.
Tayyor prompt shabloni
Ko'chirib moslashtiring1-bosqich: Mavzu bo'yicha 5 ta asosiy insight top va ularni qisqa ro'yxatda ber. 2-bosqich: Shu insightlar asosida 5 bo'limli outline tuz. 3-bosqich: Outlinedan foydalanib draft yoz. 4-bosqich: Draftni aniqlik, mantiq va auditoriyaga moslik bo'yicha tekshir. Har bosqich natijasini keyingi bosqichga input sifatida ishlat.
Nega ishlaydi
Katta vazifani bo'lish modelga bitta vaqtda juda ko'p ish yuklamaydi. Har prompt bitta aniq natijaga xizmat qiladi.
Oraliq natijalar keyingi bosqich uchun tozalangan kontekst bo'ladi. Bu draft yozishda chalkashlikni kamaytiradi.
Har bosqichda alohida format berilsa, keyingi qadamga uzatish osonlashadi. Masalan insight ro'yxati, outline, draft va review bir xil ko'rinishda bo'lmaydi.
Review bosqichi zanjirning oxirida emas, kerak bo'lsa har o'rtadagi qadamdan keyin ham bo'lishi mumkin. Bu murakkab ishlar uchun juda foydali.
Amaliy mashq
- Landing page, blog yoki taqdimot mavzusidan birini tanlang.
- Shu vazifa uchun kamida 4 bosqichli prompt zanjiri yozing: research, outline, draft, review.
- Har bosqich uchun chiqish formatini alohida ko'rsating.
- Qaysi bosqichda inson tekshiruvi kerak bo'lishini belgilang.
Mini loyiha
Mini loyiha: 4 bosqichli AI workflow
Bir real ish vazifasi uchun prompt zanjiri yarating va har bosqich natijasini alohida saqlang. Maqsad qayta ishlatiladigan workflow olish.
Bajariladigan ishlar
- Vazifani tanlang: masalan landing page yoki blog post.
- Research, outline, draft va review promptlarini alohida yozing.
- Har bosqich natijasini tekshirib keyingisiga uzating.
- Qaysi bosqichda eng katta foyda bo'lganini yozing.
Natijada nima tayyor bo'ladi
- 4 ta ketma-ket prompt
- har bosqich uchun AI natijasi
- workflow bo'yicha qisqa xulosa
Tekshiruv ro'yxati
Ko'p uchraydigan xatolar
- bosqichlarni tekshirmay o'tib ketish
- har bosqichda yangi maqsad qo'shib yuborish
- oraliq natijani keyingi promptga iflos holatda uzatish
- butun vazifani yana bitta bosqichga qayta yig'ib yuborish
Dars bo'yicha savol-javob
Har vazifa uchun prompt zanjiri kerakmi?
Yo'q. Oddiy va tez javob talab qiladigan vazifalarda bitta prompt yetishi mumkin. Prompt zanjiri murakkab, ko'p bosqichli yoki strategik ishlar uchun foydaliroq.
Zanjir nechta bosqichdan iborat bo'lishi kerak?
Minimal kerakli bosqich bilan boshlang. Ko'p hollarda 3 yoki 4 qadam yetadi. Har bir qo'shimcha bosqich haqiqiy nazorat yoki sifat oshirishi kerak.